05 avg 14:47
Yangiliklar
Sport kurashlari, Tokio-2020
Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega bo'ldi
-74 kg vaznli erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun kurashadi.
Olimpiadada erkin kurash bo'yicha -74 kg vazn toifasining yarim final bellashuvlari bo'lib o'tdi. Ulardan birida hamyurtimizni mag'lub etgan rossiyalik Zaurbek Sidakov va qozog'istonlik Daniyar Kaysanov to'qnash kelishdi. Ushbu bahsda Sidakovning qo'li baland keldi va oltin medal uchun kurash olib boradigan bo'ldi. Bu esa vakilimizga bronza medali uchun o'tish bosqichida kurashish imkonini taqdim qildi.
SHu tariqa ertangi dasturda Abdurahmonov o'tish bosqichida Gvineya-Bissau vakili Midana Augisto bilan kurashadi. Abdurahmonov uni mag'lub eta olsa, bronza medali uchun Daniyar Kaysanovga qarshi gilamga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar