10 iyu 11:49
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bekzod Abdurahmonov debyut qiladigan, CHimaev, Carukyan va Fergyuson ishtirok etadigan RAF 10 turnirining to'liq kardi malum
14 iyun tongida AQSHning Sent-Luis shahridagi Haifetz Arena majmuasida sport kurashlari bo'yicha Real American Freestyle 10 turniri o'tkaziladi.
Oqshomning markaziy bellashuvi UFC cobiq chempioni Xamzat CHimaev hamda bloger Dillon Denis o'rtasida kechadi.
Ikkinchi asosiy jangda Arman Carukyan sobiq UFC yulduzlaridan biri Toni Fergyuson bilan to'qnash keladi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov ham gilamga chiqadi. Unga debyut bahsida amerikalik erkin kurashchi Kigan O'Toll raqiblik qiladi.

Havola :
Manba : RAF
Fikrlar