03 iyu 17:00
Yangiliklar
Sport kurashlari, Kurash
Bekzod Abdurahmonov Germaniya Gran-Prisida sovrindor bo'ldi
Germaniyaning Dortmund shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tmoqda.
Takidlab o'tish lozimki, ushbu turnir Rio-2016 o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini o'tab berishi bilan ahamiyatlidir.
Musobaqada -74 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qo'lga kiritdi.
Birinchi o'rinni yarim finalda Bekzoddan ustun kelgan, London-2012 o'yinlari g'olibi, amerikalik Jordan Barrouz qo'lga kiritgan bo'lsa, germaniyalik Martin Obst ikkinchi o'rin bilan kifoyalandi.
Uchinchi o'rin esa hamyurtimiz va greciyalik Oleg Mocialinlarga nasib qildi.
Havola :
Manba : Кураш федерацияси
Fikrlar