So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

21 dek 21:53
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bekzod Abdurahmonov: "Kurashchi bo'lmaganimda, futbol bilan shug'ullanar edim"

Yaxshi bilasiz, shu kunlarda Toshkent shahrida sport kurashlari bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi.

Olamsport.com sayti muhbiri Diyor Mavlonov erkin va yunon-rum kurashlari bo'yicha O'zbekiston birinchiligi davomida Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov bilan qisqa intervyu tashkil etdi.

— Bilamizki, siz Tokioda bronza medalini qo'lga kiritdingiz. Parijda esa sizdan oltin kutishimiz tabiiy. Navbatdagi Olimpiadaga esa uch yildan kamroq vaqt qolmoqda, sizning tayyorgarligingiz qay darajada ketmoqda?

— Tayyorgarliklar yaxshi darajada, aynan bugungi musobaqa ham qaysidir manoda Olimpiada uchun tayyorgarlik hisoblanadi. CHunki, haqiqatdan ham navbatdagi Olimpiada boshlanishiga uch yildan kamroq vaqt qolmoqda.

— Sizning ham shogirdlaringiz bormi, ular hozir musobaqada ishtirok etyaptimi?

— Yo'q, hozir o'zim shu sport turi bilan muntazam ravishda shug'ullanib, musobaqalarga tayyorgarlik ko'rayotganim sababli, shogirdim yo'q.


— Bekzod Abdurahmonovning sportdagi va hayotdagi eng oliy maqsadi...

— Sportdagi eng oliy maqsadim, Olimpiadada oltin yutish, hayotda esa xalqimizga chin dildan xizmat qilishdir.

— Agar, Bekzod Abduraxmonov kurashchi bo'lmaganida, biz uni qaysi kasb egasi sifatida ko'rar edik?

— Men futbolni ham yaxshi o'ynay olaman. Menimcha, futbolchi bo'lar edim.


— Bekzod aka javoblaringiz uchun rahmat. Kelgusi ishlaringizda omad.

— Sizga ham omad.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing