01 fev 19:10
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bekzod Abdurahmonov O'zbekiston terma jamoasidan ketdimi?
Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi rossiyalik erkin kurashchi Razambek Jamalovni (-74 kg) mahalliylashtirgan edi.
Razambekning vaznida terma jamoamiz etakchisi, Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov harakat qilar edi.
2023 yil yozida MMA faoliyatini qayta tiklagan Bekzod Abdurahmonov bugun Instagram sahifasi orqali quyidagi so'zlarni yozdi:
"Bazida siz shunchaki ketishingiz kerak bo'ladi".
Abdurahmonov 2023 yil oktyabr oyida Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarida va yanvar oyida Rossiyada o'tkazilgan "Ivan Yarigin kubogi"da bronza medalini qo'lga kiritgan edi.
Malumot uchun, Razambek Jamalov o'smirlar o'rtasida jahon vice-chempioni (2018), U23 yosh toifasida Evropa va jahon chempioni (2019) va bir necha karra Rossiya chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar