19 apr 17:52
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bekzod Abdurahmonov o'zining uchinchi Olimpiadasida ishtirok etadi
Xabaringiz bor, Bishkek shahri sport kurashlari bo'yicha Osiyo qitasi sportchilari uchun Parij-2024 Olimpiadasiga licenziya beruvchi turnirga mezbonlik qilmoqda.
74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Bekzod Abdurahmonov 1/2 finalda qirg'izistonlik Orozobek Toktomambetovni 6-0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va terma jamoamizga navbatdagi licenziyani taqdim etdi. Bu Abdurahmonov uchun uchinchi Olimpiada bo'ladi.
Afsuski, bugun gilamga chiqqan qolgan kurashchilarimiz Hasanboy Rahimov (125 kg), Umidjon Jalolov (-65 kg) va eng tajribali kurashchimiz Magomed Ibragimov (-97 kg) mag'lubiyatga uchrab, bu imkoniyatdan mahrum bo'lishgandi. Serbiyadagi jahon chempionatida erkin kurashchimiz Javrail SHapiev ham Parij-2024 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar