14 iyu 10:18
Yangiliklar
Sport kurashlari
Bekzod Abdurahmonov RAF 10 turnirida gilamga chiqdi
Bugun tong saharda AQSHning Sent-Luis shahrida erkin kurash bo'yicha RAF 10 turniri bo'lib o'tdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, Olimpiya o'yinlari sovrindori Bekzod Abdurahmonov dunyoning yulduz erkin hamda aralash yakkakurash ustalari ishtirok etayotgshan RAF ligasidagi debyut bellashuvini o'tkazdi.
Tokio-2020 Olimpiadasining bronza medali sovrindori bo'lgan Abdurahmonov turnir kardida Kigan O'Tulga qarshi gilamga chiqdi. Tarozida hamyurtimiz raqibidan birozgina og'irroq chiqqandi - Kigan 79.29, Abdurahmonov 79.38 kg! Afsuski, bellashuvda Kigan 10-6 hisobida g'alaba qozondi va shu tariqa vakilimizning kuchli ligadagi debyuti omadsiz chiqdi.


Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar