29 jan 08:00
Yangiliklar
Bekzod Abdurahmonov uzoq tanaffusdan so'ng nufuzli turnir sovrindoriga aylandi
Avvalroq, ushbu musobaqada ishtirok etgan ikki nafar o'zbekistonlik kurashchi - G'ulomjon Abdullaev (-57 kg) hamda Sardor Ro'zimovning (-61 kg) bronza medalini qo'lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Ahamiyatlisi, -74 kg vazn toifasida terma jamoamiz azosi, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Bekzod Abdurahmonov turnirning bronza medali sohibiga aylandi.
Oltin: Magomedxabib Kadimagomedov (Belorus)
Kumush: David Baev (Rossiya)
Bronza: Bekzod Abdurahmonov
Bronza: Magoma Dibirgajiev (Rossiya).
Malumot uchun, Bekzod Abdurahmonov so'nggi bor Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlarida ishtirok etib, bronza medalini qo'lga kiritgan edi. Sportchimizni oldinda Parij-2024 Olimpiadasi uchun licenzion musobaqalar kutib turibdi.
Fikrlar