15 sen 18:20
Yangiliklar
Bekzod Abdurahmonov va Ilyas Bekbulatov jahon chempionatining 1/4 finalida gilamga chiqdi
Ayni daqiqalarda erkin kurash bo'yicha bellashuvlar o'tkazilyapti. Afsuski, bugun O'zbekiston erkin kurash terma jamoasi oltin yoki kumush medallarni qo'lga kirita olmaydi. Boisi, 1/4 finalda kurashgan har ikkala yurtdoshimiz ham mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi.
Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov eronlik Muhammad Ashgarga 5-10 hisobida yutqazib qo'ydi. Abdurahmonov Olimpiadadan keyin musobaqalarda 86 kg vazn toifasida ishtirok etib kelayotgan edi.
70 kg vazndagi legioner kurashchimiz Ilyas Bekbulatov esa 1/4 finalda yaponiyalik Taishi Narikuniga 0-11 hisobida imkoniyatni boy berdi. 125 kg vaznda kurashayotgan Hasanboy Do'smatov 1/8 finalda mo'g'ulistonlik Lxagvageral Munxturdan engildi. Bobur Islomov (86 kg) ilk davradayoq yutqazib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Bekzod Abdurahmonov, Ilyas Bekbulatov va Hasanboy Rahimovda jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib qoldi.
Fikrlar