So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

10 sen 16:30
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bekzod Abdurahmonov va SHomurod SHofayziev "Oltin mangust" xalqaro mukofoti bilan taqdirlanishdi

8 sentyabr kuni Odessada Xalqaro mukofot - "Oltin mangust-2018"ning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

8 sentyabr kuni Odessada Xalqaro mukofot - "Oltin mangust-2018"ning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Unda o'zbek sport oilasi vakillari ham tashkilotchilar etirofiga sazovor bo'lishdi.

Yaqinda Indoneziyada yakunlangan Osiyo o'yinlarida oltin medalni qo'lga kiritgan Bekzod Abdurahmonov "Jismoniy tarbiya va sport rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun" nominaciyasida taqdirlandi. Qayd etib o'tish lozimki, Jakartadagi muvaffaqiyatdan so'ng endi Bekzod Osiyo o'yinlarining ikki karra g'olibi hisoblanadi. SHuningdek, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi raisi o'rinbosari SHomurod SHofayziev ham "Jismoniy tarbiya va sport rivojiga qo'shayotgan hissasi hamda xalqlar orasidagi do'stlikni mustahkamlayotgani uchun" nominaciyasida tashkilotchilar tomonidan mukofotlandi.

Malumot uchun, "Oltin mangust" ("Zolotoy Mangust", "Golden Mongoose") mukofoti sport sohasidagi "Oskar" hisoblanadi. Mukofot eng yaxshi sportchilar, sport faxriylari, sport rivoji va sog'lom avlod tarbiyasiga o'z hissasini qo'shayotgan biznesmen va siyosatchilarga beriladi. Taqdirlash marosimi har yili o'tkaziladi. Bungacha 180 nafardan ortiq sport oilasi vakili ushbu mukofot bilan taqdirlangan.

Reyting:    

Fikrlar

   
10 sen 18:24:56
Sanjar Bahodirov
Ажойиб. Омадини берсин
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing