So’nggi yangiliklar

18:57Осиё ўйинлари. Мусобақанинг илк кунида қайси спортчиларимиз баҳсларда иштирок этишади? 0 18:37Mangu Дубайдаги ММА Лигаси билан ҳамкорликда турнир ўтказади (ВИДЕО) 0 18:26Ўзбекистон - Туркия ва бошқалар. Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасининг 4-кунидан ОНЛАЙН НАТИЖАЛАР 0 18:01Ўзбекистонлик оғир атлетикачи допинг туфайли 3 йилга четлатилди 0 17:22Тухель 2022 йилда Роналдунинг "Челси"га ўтишига тўсқинлик қилган экан 0 16:50Рамазон Темиров Стив Эрцегга қарши жангга тайёрланиш учун қанча харажат қилганди? 0 16:06Жаҳон чемпиони Асланбек Шимбергенов боксдаги фаолиятини якунлади 0 15:15УЕФА ва КОНКАКАФ ФИФАдан ҳар бир федерацияга 10 млн доллардан тўлашни талаб қилди — L’Équipe 0 14:38Японияда ООК Ижроия қўмитасининг йиғилиши бўлиб ўтди 0 13:30Маҳмуд Мурадов олти нафар рақибга қарши жанг қилиб, қанча пул ишлаб олиши аниқ бўлди 0 12:16Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. 3-турдан сўнг турнир жадвали қандай кўринишда? 0 11:30Бундеслиганинг барча даврлар рекорди янгиланди 0 10:15Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: йигитлар Туркия билан, қизлар эса Аргентинага қарши дона суришади 0 09:57Шаҳзодбек Ярашев Чеченистонда ўтказилган эркин кураш турнирида совриндор бўлди 0 08:45Баҳодир Жалолов 17 октябрь куни жанг қилади 0

15 mar 16:29
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bekzod Abdurahmonov yana bir yoshga ulg'aydi!

Bugun erkin kurash bo'yicha ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi, ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bekzod Abdurahmonov tavallud topgan kun.

Bekzod Abdurahmonov – 1990 yilning 15 mart kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Erkin kurash bo'yicha terma jamoa azosi. 2014 yili Toshkentda dunyoning 100 dan oshiq davlatlari ishtirokida o'tkazilgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori. 2018 yilda Vengriyaning Budapesht shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida ham bronza medaliga sazovor bo'lgan. Bugungi qahramonimiz XVII hamda XVIII Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi hisobiga dastlabki oltin medallarni taqdim etgan. 2017 yili Ashxobod shahrida o'tgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan.

Abdurahmonov birinchi marta 2015 yili Qatarning Doha shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida qita chempioni bo'lgan. O'shanda u vazni 70 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar musobaqasida xitoylik Xayvey Ling, yaponiyalik Takafumi Kojima, hindistonlik Parvin Rana, tojikistonlik Zelimxon Yusupov ustidan g'alaba qozonib, Osiyo chempioni bo'lgandi. Bekzod 2017 yilda Hindistonning Eyu-Deli shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida yana bir bor qitada tengsiz ekanini isbotladi.

Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi bo'lgan Bekzod Abdurahmonov yana ko'plab nufuzli xalqaro musobaqalarda shoxsupaga ko'tarilgan. Hamyurtimiz 2018 yil yakunlari bo'yicha Xalqaro mukofot - "Oltin mangust"ga ham loyiq ko'rilgan. "Oltin mangust" ("Zolotoy Mangust", "Golden Mongoose") mukofoti sport sohasidagi "Oskar" hisoblanadi. Mukofot eng yaxshi sportchilar, sport faxriylari, sport rivoji va sog'lom avlod tarbiyasiga o'z hissasini qo'shayotgan biznesmen va siyosatchilarga beriladi.

Fursatdan foydalanib, "SHuhrat" medali sohibi bo'lgan Bekzod Abdurahmonovni bugungi tavallud kuni bilan O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi rahbariyati, murabbiylar va sportchilar nomidan muborakbod etamiz. G'alabalar bardavom bo'lsin, Bekzod!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing