So’nggi yangiliklar

18:24Жароҳат олган Жалолиддин Машарипов қачон умумий гуруҳ машғулотларига қайтишини айтди 0 18:01Камилла Раҳимова "лаки-лузер" сифатида асосий тўрга қўйилди, бугун у 1/64 финалда кортга чиқади 0 17:38Усик Жон Жонс билан жангга тайёр 0 17:16Порье Хабибнинг қайси жиҳатидан ҳайратланишини айтди 0 16:51Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади 0 16:25"Бу менинг сўнгги рақсим бўлади" - Усик охирги жангини кимга қарши ўтказишини айтди 0 16:02"Ёқадими-ёқмайдими, Евлоев навбатдаги чемпион бўлади" - менежер 0 15:39Промоутер Фьюри — Жошуа ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди 0 15:17ФИФА Эронга умид билдирмоқда 0 14:52Майк Тайсон замонавий бокснинг юзи ким эканлигини айтди 0 14:30"Усик мен билан жанг қилишдан қўрқаяпти" - Уайлдер 0 14:07Арман Царукян яна P4P рейтингига қайтди 0 13:56Суперлига. Бугун 4-турга старт берилади 0 13:35Дана Уайт Александр Усик билан шартнома имзоламоқчи 0 13:14Теренс Кроуфорд бокс тарихидаги энг яхши учта жангни айтди 0

19 iyu 10:44
Yangiliklar

Sport kurashlari, Parij-2024

Bekzod Abdurahmonov yoki Razambek Jamalovga asosiy raqib bo'lishi mumkin bo'lgan Zaurbek Sidakov Olimpiadaga bormaydi!

Erkin kurash bo'yicha 74 kg vazn toifasida Rossiya terma jamoasi azosi, amaldagi Olimpiada chempioni Zaurbek Sidakov Parij-2024 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etmaydi.

Bu haqda tojikistonlik UFC jangchisi Muhammad Naimov xabar berdi. Sidakov MMAga o'tishga yaqin. Uning asosiy maqsadi - UFC! 

"Sidakov menga Olimpiadada ishtirok etmasligini aytdi. Bunga ko'p bo'lmadi. Na o'zi va na Nayfonov Parijga boradi. Bu qayg'uli xabar. Biz telefonda gaplashdik. U juda og'ir jarohatni boshdan kechirdi.

UFC'ga o'tish haqida ham tez-tez gaplashyapmiz. U menga Olimpiadadan keyin albatta MMAga o'tishini aytdi. Menimcha, u transfer qiladi. U UFC'da jang qilmoqchi. Uning uchun motivaciya - UFC! Men hatto Ali Abdel-Aziz bilan u haqida gaplashdim. Hatto Genri Sexudo unga shunday deb yozgan edi: "Agar o'tsangiz, menga xabar bering. Men yordam berish uchun boraman", dedi Naimov.

Malumot uchun, O'zbekiston sport kurashlari federaciyasi ham erkin kurash bo'yicha 74 kg vazn toifasida licenziyaga ega chiqqan. Ammo bu vazn toifasida yurtimiz sharafini aynan kim himoya qilishi hozircha rasman elon qilinmadi. Bu Razambek Jamalov yoki Tokio Olimpiadasi sovrindori Bekzod Abdurahmonov bo'lishi mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing