So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

15 mar 10:32
Yangiliklar

Sport kurashlari

Bekzod Abdurahmonovni tabriklaymiz!

Bugun erkin kurash bo'yicha ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi, ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bekzod Abdurahmonov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bekzod Abdurahmonov – 1990 yil 15 mart kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Erkin kurash bo'yicha terma jamoa azosi. 2014 yili Toshkentda dunyoning 100 dan oshiq davlatlari ishtirokida o'tkazilgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori. 2018 yil Vengriyaning Budapesht shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida ham bronza medaliga sazovor bo'lgan. 

Bugungi qahramonimiz XVII hamda XVIII Osiyo o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi hisobiga dastlabki oltin medallarni taqdim etgan. 2017 yili Ashxobod shahrida o'tgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan. 

Abdurahmonov ilk bor 2015 yili Qatarning Doha shahri mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida qita chempioni bo'lgan. O'shanda u vazni 70 kilogrammgacha bo'lgan polvonlar musobaqasida xitoylik Xayvey Ling, yaponiyalik Takafumi Kojima, hindistonlik Parvin Rana, tojikistonlik Zelimxon Yusupov ustidan g'alaba qozonib, oltin medalni qo'lga kiritgandi. 

Bekzod 2017 yil Hindistonning Nyu-Deli shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionatida yana bir bor qitada tengsiz ekanini isbotlagan. 

Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi bo'lgan Bekzod Abdurahmonov yana ko'plab nufuzli xalqaro musobaqalarda shoxsupaga ko'tarilgan. Hamyurtimiz 2018 yil yakunlari bo'yicha Xalqaro mukofot - "Oltin mangust"ga ham loyiq ko'rilgan. "Oltin mangust" ("Zolotoy Mangust", "Golden Mongoose") mukofoti sport sohasidagi "Oskar" hisoblanadi. Mukofot eng yaxshi sportchilar, sport faxriylari, sport rivoji va sog'lom avlod tarbiyasiga o'z hissasini qo'shayotgan biznesmen va siyosatchilarga beriladi. 

Fursatdan foydalanib, "SHuhrat" medali sohibi bo'lgan Bekzod Abdurahmonovni bugungi tavallud kuni bilan saytimiz ijodkorlari va o'quvchilari, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi rahbariyati, murabbiylar va sportchilar nomidan muborakbod etamiz. 

G'alabalar bardavom bo'lsin, Bekzod!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing