24 okt 19:09
Yangiliklar
Dzyudo
Bekzod To'raboev jahon chempionatining kumush medali sovrindori
Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida o'tkazilayotgan dzyudo bo'yicha faxriylar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga yaqinlashmoqda.
Biroz avval -90 kg vazn toifasidagi hal qiluvchi final bellashuvi bo'lib o'tdi. Unda yurtimiz sharafini himoya qilgan O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Bekzod To'raboev portugaliyalik Bruno Silvaga qarshi tatamiga chiqdi va jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'ldi.
Malumot uchun, Bekzod To'raboev finalga qadar ispaniyalik Alvares, braziliyalik Barboza, ukrainalik Kalchenkoni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar