So’nggi yangiliklar

22:42Жаҳон тожи учун матч. Жавоҳир Синдаров илк партияни якунлади 0 19:02ХОҚ 2028 йилги ёшлар қишки Олимпия ўйинлари саналарини эълон қилди 0 18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0

18 jan 22:21
Yangiliklar

Kurash

Bel olish va uch kurash associaciyasida 2020 yil yakunlari sarhisob qilindi

Teglar :  Bel olishHisobot
Toshkent shahar “Yoshlar markazi”da O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining 2020 yil yakunlari bo'yicha sarhisob yig'ilishi o'tkazildi.

SHuningdek, yig'ilishda 2021 yil uchun istiqbolli rejalari muhokama qilindi. Yig'ilishda associaciya kengashi azolari va hududlardagi barcha bo'limlaridan vakillar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Dastlab associaciya bosh kotibi Nosir Azizov so'z olib, ortda qolgan 2020 yil mobaynida bel olish va uch kurashni yanada keng ommalashtirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlarga to'xtalib o'tdi.

SHuningdek, 2021 yilda o'tkaziladigan Respublika miqyosidagi musobaqalarni yuksak saviyada tashkil etish, Farg'ona shahrida o'tishi rejalashtirilayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga puxta hozirlik ko'rish hamda terma jamoa sportchilarining muvaffaqiyatli ishtirokini taminlash, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish, o'g'il-qizlarni sport, xususan, bel olish va uch kurashga yanada kengroq jalb etish kerakligi haqida to'xtalib o'tdi.


Bundan tashqari N.Azizov Butunjahon belbog'li kurash va bel olish kurash associaciyasi raisi Marufjon Zaripov tomonidan ko'rsatilayotgan amaliy yordam va yaqin hamkorlik haqida ham alohida to'xtalib o'tdi.

SHundan so'ng, kengash azolari va viloyatlardagi vakillarning istiqboldagi rejalari, taklif va fikrlari tinglandi. Yig'ilish yakunida barcha ishtirokchilarning 2020 yildagi samarali mehnati etirof etilib, associaciyaning tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing