So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

11 apr 11:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Belal Muhammad Proxazka - Ulberg jangi g'olibni aytdi

Sobiq UFC chempioni Belal Muhammad ertaga Mayamida o'tkaziladigan UFC 327 turnirining asosiy jangi uchun o'z taxminini bildirdi.

Yarim og'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun Irji Proxazka va Karlos Ulberg o'zaro oktagonda to'qnash keladi. 

"Ulberg uchun eng muhimi - masofani saqlash. Kikboksing masofasida qolish va juda sabrli bo'lish kerak. Agar siz toza ishlayotgan bo'lsangiz, himoyada intizomli bo'lsangiz, ochiq jangga kirishmasangiz va tartibsiz harakatni boshlamasangiz, yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lasiz. Irji loukik va xaykik zarbalarini o'tkaza oladi deb o'ylayman.

Irji aksincha, tartibsizlik yaratish kerak. U doim qilib kelgan ishini amalga oshirishi lozim. Sen eng g'ayrioddiy jangchisan. Senda aql bovar qilmaydigan matonat bor. Menimcha, Irji masofani qisqartirishi kerak. To'g'ri, u ko'pchilikni nokautga uchratgan, lekin u fintlar bilan juda yaxshi aldaydi, qafas burchagiga raqibini olib kelishga urinadi. Bunday janglarda qanday jang qilishingni, janglarda o'zingni qanday tutishingni bilamiz. Ulardan qo'rqmaysan", - dedi Belal Youtube kanalidagi murojaatida.

SHu bilan birga, Muhammad chexiyalik jangchi 2022 yilda jarohati tufayli bo'shatib qo'ygan chempionldik kamarini qaytarib olishi mumkinligiga ishonadi.

"Men Irjiga tikaman. U doim g'alaba qozonish yo'lini topadi. U aqldan ozgan matonat, aqldan ozgan uslub va mentalitetga ega. Menga Irjining bu jangdagi imkoniyatlari yoqadi va u chempion bo'ladi deb o'ylayman", - deya xulosa qildi sobiq UFC chempioni.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing