21 fev 09:08
Yangiliklar

Belarusdagi turnir finalida 6 nafar bokschimiz jang qiladi, unda o'zbek derbisi ham bor
Kecha musobaqa doirasida yarim final janglari tashkil etildi. Bahslarda qatnashgan 7 nafar bokschimizning 6 nafari g'alaba qozondi va finalga yo'l oldi.
Bugun musobaqaning final janglari tashkil etiladi. Unda 6 nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tariladi. Qayd etish lozimki, -75 kg vazn toifasida ikki nafar hamyurtimiz - Nurislom Ismoilov va Login Petrov o'zaro oltin medal uchun jang qilishadi.
Finalda jang qiladigan o'zbekistonlik bokschilar:
-52 kg: Fayzullo Xudoyberdiev - Roman Litvinov (Ukraina)
-69 kg: Sirojiddin Xojakmetov - Stanivlav SHupiliakov (Belarus)
-75 kg: Nurislom Ismoilov - Login Petrov
-81 kg: SHohjahon Abdullaev - Nikita Xripko (Ukraina)
+91 kg: Jahongir Zokirov - Daniil Moroz (Belarus)
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar