01 fev 16:26
Yangiliklar
Kurash

Belbog'li kurash ustasi Mardonbek Kimsanboev 4 yilga diskvalifikaciya qilindi
O'zbekistonlik belbog'li kurash ustasi, 2019 yilda CHunju shahrida (J.Koreya) bo'lib o'tgan Jangovar yakkakurash sport turlari bo'yicha Jahon CHempionati oltin medali sovrindori antidoping qoidabuzarligi uchun 4 yilga diskvalifikaciya qilindi.
Bu haqida mazkur chempionatda doping-nazoratini amalga oshirgan ITA Halqaro testlash agentligi habar berdi. Ushbu musobaqa davomida sportchidan olingan doping-sinamasida anabolik steroidlar guruhiga mansub «klenbuterol» taqiqlangan modda aniqlangan. Diskvalifikaciya muddati 2020 yil 7 fevraldan boshlab 2024 yil 6 fevralga qadar davom etadi. SHuningdek, M.Kimsanboevga berilgan medal hamda reyting ballari olib qo'yiladi.
Havola :
Manba : t.me/antidopinguz
Fikrlar