So’nggi yangiliklar

12:32Жаско коач Рамазон Темировнинг вазни қандай ҳолатда эканини айтди 0 11:59AIPS ЖЧ-2026нинг энг яхши ўн нафар футболчиси номини эълон қилди 0 11:27Магомед Анкалаев Алекс Перейрага қарши реваншга чиққанидан афсусдалигини тан олди 0 10:55Рамазон Темиров илк бор Стив Эрцег ҳақида гапирди 0 10:24Тайсон Фьюрининг жанги жонли эфирда намойиш этилмайди 0 09:52МЮ афсонаси Аргентинанинг финалдаги ўйини ҳақида: "Бир қоп аҳлатдек ўйнашди" 0 09:11Бугун Иқболжон Холдаров ва Самандар Олимов Арманистонда рингга чиқади 0 08:39Венгриялик машҳур велосайёҳ Олимпия шаҳарчасида бўлди 0 08:0239 ёшли Майкл Пейж: "Ҳанузгача UFC камарини қўлга киритишга қодирман, деб ҳисоблайман" 0 19:10Суперлигада мураббийлар "рокировкаси": танаффусдаги кутилган ва кутилмаган тайинловлар 0 18:37Хабиб Нурмагомедов ЖЧ–2026нинг рамзий терма жамоасини тузди. Унда Месси ва Роналду йўқ 0 17:53Асу Алмабаев RAF Лигасидаги илк жанги эълон қилинди 0 17:26Музаффаров ва Холдаров Ереванда илк жангларини ўтказишди 0 16:54Винисиус косметик операция қилдирди 0 16:25Қозоғистонлик Жаҳон чемпиони Жанибек Алимханули бошқа вазнга ўтаётганини эълон қилди 0

25 apr 16:49
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurashchilarimiz Ashxoboddagi musobaqada shohsupaga ko'tarilishdi

22-25 aprel kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida goresh (turkman kurashi) hamda alish (qirg'iz kurashi) kurashi bo'yicha MDH davlatlari o'rtasida halqaro turnir o'tkazildi.

Mazkur xalqaro musobaqada O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov, kattalar terma jamoasi bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Turg'unpo'latov, xalqaro toifadagi hakamlar Miranshoh Ro'ziev, Sergey Txak, Nematullo To'ychiev va 25 nafar polvonlarizmizdan iborat sport delegaciyamiz qatnashib, munosib natijalarni qo'lga kiritishdi. 

Dunyoning 15 davlatidan 200 nafardan ziyod sara polvonlar jam bo'lgan ushbu turnir doirasida tantanali ochilish marosimi hamda musobaqa so'nggida taqdirlash marosimlari tashkil etildi. Unda O'zbekistonning Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ravshanbek Alimov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov ishtirok etdi. 

Polvonlarimizning natijalari: 

Alish kurash. Erkaklar

Oltin medal

70 kg. Oybek Sultonov


Bronza medal 

60 kg. Hayotbek Kamoliddinov

70 kg. Diyor Polvonov

80 kg. Murodjon Hamidov

100 kg. Jasurbek Isroilov

+100 kg. Zaylobiddin Ortiqov


Ayollar: 

Oltin medal

55 kg. Farangiz Abdunabieva 

60 kg. Manzuraoy Mo'ydinova

70 kg. Dilafro'z Mamajonova


Goresh. Erkaklar: 

Bronza medal

75 kg. Murodjon Hamidov

82 kg. Ilhomjon Mashrabov

90 kg. Husniddin Ro'ziev

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing