16 fev 12:42
Yangiliklar
![](/upload/storage/54438_220.jpg)
Bellator 215: Xaritonovni zambilda olib chiqib ketishdi, jang o'tkazilmagan deb topildi FOTO+VIDEO
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida amerikanec Mett Mitrion hamda rossiyalik Sergey Xaritonov o'rtasida bo'lib o'tdi. Jang kutilganidan ancha avval yakunlandi. Mett loukik zarbasini beraman deb raqibining beldan pastgi qismiga zarba yo'llab qo'ydi.
Natijadan Xaritonovni bahsdan davom ettira olmadi. Uni zambilda oktagondan olib chiqib ketishdi. Amerikalik sportchi darhol rossiyalik raqibi va muxlislardan uzr so'radi. Tashkilotchilar bu jangni o'tkazilmagan, deb topishdi.
Malumot uchun, 38 yoshli Xaritonov MMAda 28ta g'alabaga erishgan. Hisobida 6ta mag'lubiyat bor. U o'zining bundan avvalgi jangini 2018 yilning oktyabr oyida Bellator 207 turniri doirasida o'tkazib, raqibi Roy Nelsonni birinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etgan edi.
40 yoshli Mitrion esa faoliyati davomida 13ta g'alaba qayd etgan. Xaritonov singari 6ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Mett Bellator 207 turnirida amerikalik Rayan Beyderga yutqazib qo'ygandi.
Fikrlar