22 avg 10:55
Yangiliklar

Bellator 244: Yangi chempion aniqlangan oqshomning barcha janglari bitta xabarda
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida liga chempioni, amerikalik Rayan Beyder hamda rossiyalik davogar Vadim Nemkov o'zaro to'qnash kelishdi. Jangning ikkinchi raundda Nemkov Beyderni texnik nokautga uchratib, ushbu vaznning yangi chempioniga aylandi.
Bellator 244 turniri natijalari
Asosiy kard:
Vadim Nemkov — Rayan Beyder — ikkinchi raundda texnik nokaut
Juliya Badd — Jessi Miele — (30-26, 30-27, 30-27)
Valentin Moldavskiy — Roy Nelson — (30-27, 30-27, 30-27)
Jon Salter — Endryu Kepel — uchinchi raundda texnik nokaut
Prelim kard:
Sidni Autlou — Adam Pikkolotti — (29-28, 28-29, 29-28)
Josh Xill — Erik Peres — (29-28, 30-27, 30-27)
Lukas Brennan — Uill Smit — ikkinchi raundda texnik nokaut
Kris Gonsales — Vladimir Tokov — (29-28, 28-29, 30-27)
Ueber Almeyda — Salim Muhiddinov (Tojikiston) — birinchi raundda texnik nokaut
Yaroslav Amosov — Mark Lemminjer — shifokor tavsiyasi bilan ikkinchi raund avvalida to'xtatildi
Jon DeXesus — Vladislav Parubchenko — (29-28, 30-27, 29-28)
PS: Juftliklarda ism-shariflari birinchi ko'rsatilgan jangchilar g'alaba qozongan
Fikrlar