16 okt 12:19
Yangiliklar

Bellator 268: CHempion Nemkov Englikasdan og'irroq chiqdi
Oqshomning asosiy urg'u qaratiladigan janglari Gran-pri doirasidagi yarim final to'qnashuvlari bo'lib, unda yarim og'ir vaznda amaldagi chempion, rossiyalik Vadim Nemkov davogar Julius Englikasga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Har ikki jangchi belgilangan vazn meyorini bajarishdi. CHempion 204.7 funt, Litva sharafini himoya qiladigan uning raqibi esa roppa-rosa 204 funt tosh bosdi.
Gran-prining ikkinchi yarim finalida ushbu kamarning sobiq sohibi, amerikalik Rayan Beyder hamda Kori Anderson o'zaro to'qnash kelishadi. Ular tarozida mos ravishda 204.1 va 203.6 funt vazn qayd etishdi.
Tarozi natijalari:
Asosiy kard janglari
Vadim Nemkov (204.7) – Julius Englikas (204) – kamar uchun jang, Gran-pri, yarim final
Rayan Beyder (204.1) – Kori Anderson (203.6) – Gran-pri, yarim final
Benson Xenderson (155.5) – Brent Primus (155.4)
Genri Korrales (145.6) – Vladislav Parubchenko (145.4)
Preluim kard janglari
Karl Albrektsson (204.1) – Dovletjan Yagshimuradov (205.4)
Muhammad Berxamov (170.7) – Jalil Uillis (169.9)
Nik Braun (155.3) – Bobbi Li (156.8)*
Gregori Milliard (184.6) – Xaver Torres (184.3)
Rendi Fild (125.9) – Sumiko Inaba (124.9)
Lens Gibson (155.5) – Reymond Pina (154.6)
Jeylon Beyts (135) – Rafael Montini (135)
Sallivan Kouli (205.2) – Deon Klesh (204.2)
Mariya Xenderson (123.7) – Kollett Santyago (126)
*Li belgilangan vazn meyoridan 0.8 funt ko'p tosh bosdi va endi gonorarining bir qismini raqibiga beradi
Fikrlar