24 okt 08:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 269. Minakovning kutilmagan mag'lubiyati + FOTO
Xabaringiz bor, kecha tunda Moskva shahrida Bellator 269 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan janglarning birida rossiyalik taniqli yakkakurash ustasi Vitaliy Minakov Said Sovmaga qarshi oktagonga ko'tarildi.
Minakov jangni to'liq nazorati ostida o'tkazayotgandi. Lekin kutilmaganda uchinchi raundda jiddiy jarohat oldi. Vitaliyning barmog'i singan edi. Hakamlar bu vaziyatda jangni to'xtatishga va texnik nokaut sifatida g'alabani Saidga berishga majbur bo'lishdi. Bu Minakovning faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyati bo'ldi.
Havola :
Manba : USA TODAY Sports
Fikrlar