17 apr 16:32
Yangiliklar

Bellator 277. Kim qancha ishlab oldi? Gonorarlar malum
Kaliforniya shtati Atletik komissiyasi Bellator 277 turniri jangchilari uchun to'langan gonorarlar summasini oshkor qildi. Kutilganidek, oqshomning markaziy jangi ishtirokchilari qolganlarga qaraganda ko'proq "loy"ga ega bo'lishdi.
Yarim engil vazn toifasida o'zaro ikkinchi marotaba to'qnash kelgan Patrisio Freyre va Ey Jey Makki bankdagi hisoblarini 250 000 dollarga boyitib olishdi. Aynan shuncha pulni yarimog'ir vaznda Gran-pri finalchisi Kori Anderson ham qo'lga kiritgan.
Qizig'i, chempion sifatida Kori Andersonga qarshi oktagonga ko'tarilgan rossiyalik Vadim Nemkov $80 000 gonorar bilan kifoyalandi. Olti xonali gonorarga og'ir vaznli Linton Vassell ham ega chiqqan. U bonus bilan qo'shib hisoblaganda 138 000 dollar ishlab oldi.
Bellator 277 turniri to'liq gonorarlar ro'yxati:
Patrisio Freyre: $250 000 (bonussiz)
Ey Jey Makki: $250 000
Vadim Nemkov: $80 000
Kori Anderson: $250 000
Aaron Piko: $75 000 (bonussiz)
Edli Edvards: $50 000
Linton Vassell: $138 000 (bonus $69 000)
Timoti Jonson: $75 000
Tayson Miller: $4 000 (bonus $2 000)
Xalen Greysi: $5 000
Tayrel Forchun: $75 000 (bonussiz)
Rakim Klivlend: $30 000
Dovletjan Yagshimuradov: $70 000 (bonus $35 000)
Rafael Karvalo: $30 000
Bobbi Seronio: $4 000 (bonus $2 000)
Kelob Ramires: $2 000
Gaston Bolanos: $25 000 (bonussiz)
Deniel Keri: $12 000
Kayl Kratchmer: $50 000 (bonus $25 000)
Maykl Lombardo: $20 000
Edvin De Los Santos: $4 000 (bonus $2 000)
Alberto Mendes: $2 000
Roxelio Luna: $4 000 (bonus $2 000)
Sokrates Ernandes: $2 000
Leyrd Anderson: $4 000 (bonus $2 000)
Jey Ti Donaldson: $2 000
Teo Xeyg: $4 000 (bonus $2 000)
Alan Benson: $2 000
Fikrlar