15 apr 13:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 277. Nemkov raqibidan engilroq tosh bosdi
Ertaga tongda San Xose shahrida navbatdagi Bellator kechasi bo'lib o'tadi.
Kechaning markaziy jangida yarim engil vazn toifasida Bellator kamari sohibi Ey Jey Makki Patrisio Freyrega qarshi oktagonga ko'tariladi. Bugun jangchilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. Vazn o'lchash marosimida har ikki jangchi ham bir xil — 144,4 funt tosh bosishgan.
SHuningdek kechaning "Co main-card" jangida yarim og'ir vazn chempioni Vadim Nemkov davogar Kori Andersonga qarshi oktagonga ko'tariladi. Vazn o'lchash marosimida Nemkov 204,4 funt vazn ko'rsatdi. uning raqibi esa biroz og'irroq — 205 funt tosh bosgan.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar