09 dek 11:34
Yangiliklar

Bellator 289 Gran-prisi. Magomed Magomedov vazn qila oldi + FOTO
Bizning vaqt bilan kelayotgan shanba tongida AQSHning Ankasvill shahrida navbatdagi Bellator turniri bo'lib o'tadi.
"Mohegan Sun Arena"da o'tkaziladigan Bellator 289 Gran-pri turniri ishtirokchilari odatga ko'ra tarozi marosimida hozir bo'lishdi. Vaqtinchalik chempion Raufeon Stots 60,96 kg vazn ko'rsatdi. Uning raqibi Denni Sabatello esa 61,23 kg tosh bosdi. Ushbu jang engil vazn toifasida Gran-prining finalchisini aniqlab beradi.
Ikkinchi yarim final juftligida Magomed Magomedov hamda Patrik Miks o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi. Magomedov tarozida 60,96 kg, Miks 61,23 kg vazn ko'rsatdi.
Havola :
Manba : mmajunkie
Fikrlar