18 avg 07:57
Yangiliklar
Dunyoning eng yosh UFC jangchisi oqshomning asosiy to'qnashuvida oktagonga chiqadi + POSTER
Asli kelib chiqishi meksikalik bo'lgan, hozirda AQSH sharafini himoya qilayotgan Raul UFC Fight Night 289 turnirida braziliyalik Raoni Barselosga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu jang 26 sentyabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 289 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.
Tashkilot matbuot xizmati mazkur jangni rasman elon qildi. 21 yoshli Raulb Rosas Junior mart oyida Rob Font ustidan hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchib, ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritgan edi.
Braziliyalik 39 yoshli Raoni Barselos ham beshta g'alabadan iborat seriya bilan kelmoqda. U joriy yilning aprel oyida bo'lib o'tgan so'nggi jangida Montel Jeksonni hakamlarning ayri qarori bilan mag'lub etgandi.

Fikrlar