23 iyu 09:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator chempioni Gegard Musasi yutqazib qo'ydi
O'rta vazn toifasida Bellator chempioni Gegard Musasi Londonda o'tgan Bellator 223 turnirining markaziy jangida oktagonga chiqdi.
Musasi mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayogan Rafael Lovatoga qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qildi. Birinchi va ikkinchi raundda Lovato ustunlikka erishdi. Uchinchi va to'rtinchi raundlarda Musasi parterdagi muvaffaqiyatli seriya sabab muhim ochkolarni qo'lga kiridi.
Hal qiluvchi beshinchi raundda Lovato teykdaunga erishdi va gong chalinguncha bu ustunlikni qo'ldan chiqarmadi. Jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Hakamlardan biri durang natija qayd etilganini bildirdi. Qolgan ikki hakam Lovatoning 48-47 hisobidagi g'alabasini taminlashdi.
Havola :
Fikrlar