11 fev 11:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator chempioni kamyob kasallik sabab faoliyatini yakunladi + FOTO
Bellator chempioni Rafael Lovato kutilmaganda faoliyatini yakunlashga majbur bo'ldi.
Gap shundaki, Lovato kam uchraydigan bosh miyadagi kavernoma kasalligiga chalingan. CHempion shu kasallik tufayli faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ldi. Rafaelga tegishli o'rta vazn toifasidagi chempionlik kamari vakant bo'lib qoldi.
Malumot uchun, 36 yoshli Rafael Lovato hisobida 10 ta g'alaba bor. SHulardan 6 tasini u Bellator promoushenida o'tkazgan janglarida qo'lga kiritgan.
Havola :
Fikrlar