28 apr 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator Emelyanenkoga yana uchta jang taklif qilmoqchi
Bellator prezidenti Skott Koker rossiyalik MMAchi Fedor Emelyanenkoga yana uchta jang taklif qilishga tayyor.
"Hozircha Fedor bilan gaplashganim yo'q. U Moskvada, biroq u bilan CHikagoda gaplashib olmoqchiman. Uning rejalari haqida so'ramoqchiman. Agar u davom etmoqchi bo'lsa uchta jang tashkil qilib berishga tayyorman. Janglar Yaponiya, AQSH va Moskvada o'tkaziladi.
Ammo, u bularni rad etib, hukumatda ishlamoqchi ekanligini ham aytishi mumkin. Hozircha uning rejalari qanday ekanligini bilmayman. Bir necha hafta ichida barchasi malum bo'ladi", - dedi Koker.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar