14 mar 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator go'zali: "Divizionimdagi bazi qizlar faqat gapirishni bilishadi"
Rossiyalik Diana Avsaragova Bellator 276 turnirida Kira Batara ustidan qozonilgan g'alabasi haqida fikr bildirdi.
"Avvalo, raqibam Kira Bataraga rahmat aytmoqchiman. Sen haqiqiy jangchisan va senga eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Kira qisqa vaqt ichida jangga kirishdi, men bilan haqiqiy jangchi kabi kurashdi. Ammo, divizionimdagi bazi qizlar faqat gapirishni bilishadi, xolos", - deb yozadi Avsaragova Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, kecha tongda Avsagarova Batarani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi. Rossiyalik maftunkor jangchi Bellator'da ketma-ket uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar