05 fev 15:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator Lobovga shartnoma taklif qildi
Irlandiyalik aralash qoidalar jangchisi Artyom Lobov Bellator bilan muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq, MakGregorning sparring-hamkori UFC bilan shartnomani bekor qilgani haqida xabar qilingandi.
"Birinchilardan bo'lib Bellator tomonidan taklif bo'ldi. Ayni paytda takliflarni ko'rib chiqyapmiz. Takliflar turlicha.
Agar kimdir menga 7 xonali summaga ega bo'lgan shartnoma taklif qiladigan bo'lsa, men hoziroq unga imzo qo'yaman", - dedi Lobov.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar