19 fev 11:59
Yangiliklar

Bellator Moskvada Fyodor Emelyanenkoning jangini o'tkazmoqchi
Ushbu jang tashkilotchiligi bilan shaxsan Bellator prezidenti Skott Koker shug'ullanadi. Koker Emelyanenko va Mirko Krokop o'rtasida jang o'tkazishni rejalashtirgan.
“Men hamisha Fyodorning xayrlashuv jangi Rossiya yoki Yaponiyada o'tkazilishi lozim deb xisoblaganman. Ayniqsa, uning so'nggi jangi Moskva shahrida tashkil etilsa yaxshi bo'lar edi. Raqib esa Mirko Krokop bo'llishi kerak. Mirkoning o'zi ham revansh jangining o'tkazilishiga qarshi emas. Endi biz Emelyanenkoning o'zi bilan shu mavzuda gaplashib olishimiz kerak”, - dedi Bellator prezidenti.
Eslatib o'tamiz, Fyodor Emelyanenko o'zining so'nggi jangini o'tgan oy Bellator Gran-prisi finalida amerikalik Rayan Beyderga qarshi o'tkazib, birinchi raundning o'zidayoq texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi.
Fikrlar