05 apr 09:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator. Sonnen Machidaga qarshi oktagonga chiqadi
14 iyun kuni AQSHning Nyu-York shahridagi "Medison Skver Garden" arenasida Bellator oqshomi bo'lib o'tadi.
Ushbu aralash qoidalar oqshomida sobiq UFC jangchilari ham oktagonga chiqishadi. CHeyl Sonnen va Lioto Machida o'rtasidagi jang shular jumlasidandir. Mazkur jang yarim og'ir vazn toifasida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Sonnen faoliyati davomida 31ta jangda g'alaba qozongan, mag'lubiyatlari soni 16ta! CHel hozircha o'zining so'nggisi bo'lib turgan jangida rossiyalik Fyodor Emelyanenkoga yutqazgandi.
Machida esa 25ta jangda zafar quchgan. Hisobida 8ta mag'lubiyat bor. Braziliyalik sportchi o'tgan yilning dekabr oyidan Bellator promoushenida o'z janglarini o'tkazmoqda. U debyut jangida Rafael Karvalodan ustun kelgandi
Havola :
Fikrlar