12 okt 07:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Benavides Usik bilan jang qilish uchun superog'ir vaznga ko'tarilishga tayyor
Birinchi og'ir vazn toifasida WBA va WBO kamarlari sohibi bo'lgan bokschi Devid Benavides (32-0, 25 nokaut) kelajakda superog'ir vazn toifasiga o'tishni rejalashtirayotganini aytdi.
"Og'ir vazn — men ham albatta kuzatib boradigan toifa. Ammo hozirda kruzer vaznda meni ikkita yirik jang kutmoqda. Avval Jey Opetayya bor, keyin esa, menimcha, Beterbiev birinchi og'ir vaznga ko'tariladi.
SHundan keyin Usik bilan jang o'tkazishni albatta xohlayman. SHuningdek, “Lo'lilar qiroli” (Tayson Fyuri) ham men haqimda gapirganini ko'rdim. Hozir men bu erda faqat o'zimni sinash va buyuk bokschiga aylanishga harakat qilish uchun turibman. SHuning uchun Usik va Tayson Fyuri bilan janglarni tashkil qilish imkoni bo'lsa, men tayyorman", — deya Benavidesning so'zlarini keltiradi Bad Left Hook portali.
Havola :
Manba : Bad Left Hook
Fikrlar