04 iyu 13:01
Yangiliklar

Beneil Dariush CHarlz Oliveyra haqida: U mendan jang qarzdor!
"Menimcha, CHarlz mendan jang qarzdor",- dedi Dariush MMA Fighting'ga bergan intervyusida. "Skott Xoltsman bilan to'qnashuvimdan ko'p o'tmay men u bilan qisqa muddat ichida jang qilishga rozilik berdim. SHon SHelbi jangning ertasi kuni menga qo'ng'iroq qilib, besh hafta ichida CHarlz Oliveyra bilan jang qilishni xohlaysizmi, deb so'radi va men rozi bo'ldim"
"Yakunda CHarlz men bilan kurashishdan bosh tortdi. U oilaviy muammolari borligini aytdi, so'ngra o'zi xohlagan kamar uchun Toni Fergyusonga qarshi kurash olib bordi. Buning uchun uni ayblamayman. U o'z foydasiga harakat qildi, u kamar uchun jang qilish imkoniyatiga ega bo'ldi va chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Ammo, endi u jang qilishi kerak bo'lgan odamga qarzini to'lashga majbur", -dedi Beneil Dariush.
Fikrlar