16 apr 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA
"UFC'ga shu yoqadi". Dariush Maxachevning keyingi raqibi kim bo'lishi kerakligini aytdi
UFC jangchisi Beneil Dariushning fikricha, Islam Maxachevning keyingi raqibi Maykl Morales bo'lishi kerak.
"SHavkat Raxmonov hozir chetda qoldi. Ian Garri yaqinda Bilol Muhammadni mag'lub etdi va bu juda tasirli bo'ldi. Maykl Morales raqiblarini nokautga uchratyapti va juda yaxshi ko'rinyapti.
Menimcha, Morales bilan jang mantiqiy - uning uslubi sabab. Bilaman, UFCga bu yoqadi — ular muddatidan oldingi g'alabalarni yaxshi ko'rishadi. SHuning uchun, ehtimol, Morales chempionlik janglari navbatida birinchi bo'lib turibdi. Ammo barchasi Maxachev nima xohlashiga bog'liq", — dedi Dariush.
Havola :
Manba : Helen Yee Sports
Fikrlar