So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

04 avg 14:00
Yangiliklar

Bolalar sporti

Beruniy tumanidagi BO'SM suzish havzasida rahbariyat maishatbozlik o'tkazganmi?

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpog'istondagi bolalar-o'smirlar sport maktabidagi holat yuzasidan axborot berdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumani bolalar-o'smirlar sport maktabining suzish havzasi haqida ijtimoiy tarmoqlarda elon qilingan “Davlatga qarashli ilm dargohi suv havzasida rahbariyat tomonidan yarim kechasi maishatbozliklar uyushtirilmoqda. Maishat uchun kelganlar tabiiyki, shifokor tekshiruvidan o'tmay havzada cho'miladi. Ertaga biror kasallik tarqalmasligini kim kafolat beradi? Umuman, davlatga qarashli maktabda maishatbozlik uyushtirish mumkinmi?” degan malumot yuzasidan quyidagilarni malum qiladi.

Murojaatda ko'rsatilgan holat bo'yicha mazkur muassasada Qoraqalpog'iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Beruniy tuman prokuraturasi va tuman DSENM sanitariya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi 333-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Byudjet mablag'lari hisobiga moliyalashtiriladigan basseynlarda shug'ullanish va ulardan foydalanish tartibi to'g'risida”gi Nizom talablari yuzasidan tekshiruv o'tkazildi.

Muassasa rahbariyati yoki xodimlari tomonidan yarim kechasi suzish havzasida maishatbozlik uyushtirish holatlari haqidagi xabarlar o'z isbotini topmadi. Biroq o'rganish jarayonida suzish havzasidan foydalanishda ayrim kamchiliklarga yo'l qo'yilganligi aniqlandi. 

Xususan, yuqoridagi Nizomning 9-bandida “basseynlardan bir marta shug'ullanish istagini bildirgan shaxslar ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan maxsus shaxsiy sport kiyimida, basseynning tibbiy xodimlari ko'rigidan o'tib, belgilangan to'lovni amalga oshirgan holda shug'ullanishi lozimligi, 11-bandida “basseynlarga kirish va undan foydalanish uchun shug'ullanuvchilarning har birida suzish mashg'uloti uchun mo'ljallangan maxsus shaxsiy (suzish uchun sport kiyimi va bosh kiyimi, basseynda foydalanish uchun alohida oyoq kiyimi, suzish ko'z oynagi, sochiq, sovun) buyumlar bo'lishi kerakligi belgilab qo'yilgan.

Muassasa rahbari yuqoridagi talablar to'liq bajarilmasdan turib bir necha nafar voyaga etmagan yoshlarga basseynga kirish va undan foydalanishga ruxsat bergani aniqlandi.

Yuqoridagi kamchiliklarga yo'l qo'ygani uchun Beruniy tumani bolalar-o'smirlar sport maktabiga qarashli suzish havzasi mudiri U.Yuldashev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing