17 okt 14:27
Yangiliklar
Besh nafar dzyudochimiz Jahon chempionligi uchun tatamiga chiqadi, finalda o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz!
O'z tarixida 42-marotaba tashkil etilayotgan dunyo birinchiligining ikkinchi kungi saralash bahslari yakunlanib, kechki final dasturida medallar uchun tatamiga chiqadigan dzyudochilar malum bo'ldi.
Quvonarlisi, besh nafar dzyudochimiz jahon chempionatining oltin medali uchun kurashadi. -81 kg vazn toifasi finalida esa o'zbek derbisiga guvoh bo'lamiz. Hikmatulloh To'raev va Muso Sobirov o'zaro bellashuvda oltin medal taqdirini hal qilishadi.
SHuningdek, Irisxon Qurbonboeva (+78 kg), Rustam SHorahmatov (-100 kg) va SHohruh Baxtiyorov (+100 kg) ham Harbiylar o'rtasidagi jahon chempionati final uchrashuvida tatamiga chiqadi.
Bundan tashqari, yana uch nafar dzyudochimiz - SHirinjon Yo'ldosheva (-70 kg), Mushtariybegim Afzalova (-78 kg) va Bekmurod Oltiboev (+100 kg) bronza medali uchun bahs olib boradi.
SHu tariqa, bugun kurashga kirishgan 8 nafar dzyudochimizning bari kechki final dasturida medallar uchun tatamiga chiqadigan bo'ldi.
Fikrlar