12 mar 08:00
Yangiliklar
Kurash

Besh nafar yunon-rum kurashchimiz jahon kurash ittifoqining fevral oyi reytingidan o'rin oldi
Ular orasida Rio Olimpiadasi sovrindorlari ham bor.
-59 kg vazn toifasida Rio Olimpiadasi sovrindori Elmurot Tasmurodov fevral oyida dunyoning 4-raqamli sportchisi deb tan olindi. Islomjon Bahromov mazkur vazn toifasida 19-o'rinda qayd etildi.
- 80 kg vaznli sportchimiz Jonibek Otabekov esa o'z raqiblari orasida dunyoning 4-raqamli kurashchisi hisoblanadi. Jalgasbi Berdimuratov ham kuchli yigirmatalikka kira olgan.
Rio Olimpiadasida chorak finalga etib borgan Rustam Assakalov esa -85 kg vazn toifasida dunyoning 16-raqamli yunon-rum kurashchisi sifatida qayd etilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar