So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

28 mar 14:42
Yangiliklar

Qilichbozlik, O'q otish, Engil atletika, Boshqalar, Ot Sporti, Suv sporti turlari

Beshkurash sporti yana O'zbekistonda

Teglar :  Beshkurash
Joriy yilning 10 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi O'zbekiston chempionati qachon o'tkazilishini malum qildi.


Unga ko'ra, zamonaviy beshkurash bo'yicha ilk musobaqaga 31 mart kuni start beriladi. Mazkur bellashuvlar poytaxtmizning turli sport saroylarida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, beshkurashchilar o'rtasidagi qilichbozlik bellashuvlari Paxtakor Markaziy stadionining Yoshlik sport zalida  soat 09:00 dan 11:00 ga qadar bo'lib o'tadi.

SHu kunning o'zida keyingi bellashuvlarni atletlar poytaxtimizdagi Yoshlik sog'lomlashtirish-sport kompleksi (sobiq NBU sport majmuasi)da davom ettiradilar. Rejaga ko'ra, musobaqaning suzish sport turi bo'yicha bellashuv soat 12:00dan 14:00gacha, o'q otish va yugurish bo'yicha ballarni jamlash esa 15:00-18:00gacha bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.

Zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston chempionatining ot sporti bo'yicha o'takaziladigan bellashuv joriy yilning 1 aprel sanasida  belgilandi. Ishtirokchilar Ot sporti bo'yicha respublika oliy sport mahorat maktabida soat 09:00 dan boshlab otni bo'ysintirish bo'yicha o'z mahoratlarini namoish etadilar. Musobaqa baxslari yakunlangach O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasining faoliyati taqdimoti va zamonaviy beshkurash bo'yicha O'zbekiston chempionatining ochilish marosimiga bag'ishlangan tantanali marosimda bo'lib o'tadi. Unda ilk musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan sportchilar munosib taqdirlanadilar.   
O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi yurtimizdagi sport ishqibozlari va OAVlari vakillarini qizg'in va murosasiz o'tishi kutilayotgan mazkur bellashuvlarni tomosha qilishga taklif etadi. Musobaqani tomosha qilish bepul.

O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi axborot xizmati.







Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing