So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

16 jan 09:11
Yangiliklar

Tadbirlar

Beshta muhim tashabbus doirasida hududlarga sport karvoni jo'natildi FOTOREPORTAJ

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tomonidan mamlakatimiz yoshlari manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yo'nalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan bo'lib, o'tgan davr mobaynida bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganligini alohida takidlash joiz.

Poytaxtimizdagi “Milliy” stadionda sport jihozlari va inventarlari joy olgan sport karvonini mamlakatimiz hududlariga kuzatish marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboeva, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi rahbariyati, hududiy boshqarmalarning masul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

-  Sir emaski, bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev rahnamoligida mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yosh avlodning har jihatdan sog'lom va barkamol insonlar bo'lib ulg'ayishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi yo'nalishi bevosita jismoniy tarbiya va sportga qaratilganligi zamirida ham ulkan mano mujassam, desam xato bo'lmaydi. Mana hozir Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi jami 230 ta bolalar va o'smirlar sport maktablariga jo'nab ketayotgan sport karvoni mamlakatimizning ertasi bo'lgan yoshlarni yanada etuk sportchilar bo'lib ulg'ayishiga xizmat qiladi. Ajabmaski, ular orasidan kelgusida nomdor sport yulduzlari, jahon va olimpiada chempionlari etishib chiqsa, - dedi sport karvonini kuzatish marosimida so'zga chiqqan Tanzila Kamolovna Norboeva.


SHundan so'ng barcha hududlardan kelgan masul vakillarga maxsus sertifikatlar topshirildi va ulkan sport karvoni respublikamiz bo'ylab yo'lga chiqdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yoshlariga jo'natilgan ushbu sport karvonidan umumiy qiymati qariyb 50 milliard so'mlik 96 turdagi sport jihozlari, inventarlari va kiyimlari joy olgan. SHundan 19 milliard 316 million 802 ming so'mlik sport jihozlari mamlakatimizdagi 230 ta bolalar va o'smirlar sport maktablariga etkazib beriladi.

Bundan tashqari, yurtimizda voleybol sportini yanada rivojlantirish maqsadida umumiy qiymati 30 milliard 309 million 22 ming so'mlik sport jihozlari, inventarlari va kiyimlari esa respublikamizdagi 7 542 ta umumtalim maktablariga jo'natildi.

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing