03 iyu 12:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Beterbiev uchinchi kamar uchun jang qilishi mumkin
Yarimog'ir vazn toifasida WBC va IBF kamarlari sohibi Artur Beterbiev navbatdagi jangini WBO kamari sohibi Jo Smit-kichkinaga qarshi o'tkazishi mumkin.
Bu haqida Arturning promouteri Bob Arum malum qildi. Jang shu yilning 18 sentyabr kuni AQSHda bo'lishi ehtimoli yuqori.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev so'nggi bor Adam Deynesga qarshi ringga ko'tarilib, raqibini nokaut qilishga erishgandi. Smit esa boshqa bir rossiyalik Maksim Vlasovni mag'lub etib, vakant bo'lgan kamarga ega chiqqan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar