22 okt 15:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Beterbiev Usik bilan ehtimoliy jang haqidagi savolga javob berdi
Rossiyalik prof bokschi, yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev superog'ir vazn chempioni Aleksandr Usik bilan ehtimoliy jang haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
"Aleksandr haqida gapirishni yoqtirmayman. Har safar shu mavzuga to'xtalsam, meni unga hasad qilishda ayblashadi. Ammo men unga ham, boshqa bokschiga ham bunday munosabatda bo'lmaganman.
Usik yaxshi ishladi va ikki vazn toifasida mutlaq chempion bo'ldi. U faqat hurmatga loyiq. Ha, u bilan birinchi og'ir vazn toifasida bahslashish men uchun juda qiziq bo'lardi. Ammo bu shunchaki sportcha qiziqish", dedi Beterbiev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar