12 jan 12:10
Yangiliklar
Beterbievning doping testi bo'yicha shubhalar paydo bo'ldi, bokschi esa bunga munosabat bildirdi
Beterbievning mazkur jang oldidan topshirgan testi bo'yicha bir qator shubhalar paydo bo'ldi. Ammo baribir test natijalari salbiy ekanligi malum qilingan.
Bokschining o'zi esa bunga munosabat bildirdi.
"Kallum Smit VADA dasturi bo'yicha topshirgan testim haqida noto'g'ri malumotlar tarqatmoqchi bo'lganligi menga malum.
Vaziyatni tushuntirishga imkon bering. Men toza sportchiman. Havaskor va professional boksdagi butun faoliyatim davomida umuman taqiqlangan moddalar bo'yicha ijobiy test topshirmaganman. Jangga tayyorgarlik jarayonida VADAning barcha talab va protokollariga amal qildim.
Kallum o'zini oqlash, vaziyatdan chiqish yo'llarini qidirmoqda. SHanba kuni ko'rishamiz", - dedi Beterbiev.
Fikrlar