22 avg 09:30
Yangiliklar

Beyderni nokautga uchratgan Nemkov yangi Bellator chempioni bo'lish barobarida Emelyanenko uchun ham revansh oldi
Oqshomning markaziy jangi biroz kutilmagan natija bilan tugadi. Yarim og'ir vazn toifasida amaldagi chempion, amerikalik Rayan Beyder rossiyalik davogar Vadim Nemkovga qargi oktagonga ko'tarildi.
Besh raundga mo'ljallangan 205 funt (93 kg) toifasidagi chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi. Nemkov ikkinchi raundda nomdor raqibini nokautga uchratdi. Boshga berilgan xaykik zarbasidan keyin Beyder muvozanatdan chiqdi. Nemkov yarim og'ir vaznda birinchi rossiyalik Bellator chempioniga aylandi.
SHu bilan bir qatorda Nemkov bugungi g'alabasi bilan afsonaviy vatandoshi Fyodor Emelyanenko uchun ham revansh oldi. O'tgan yili Beyder shov-shuvli tarzda Emelyanenkoni mag'lubiyatga uchratgan edi. Bugun Fyodor Nemkovning burchagida sekundant vazifasini bajardi.
Fikrlar