23 apr 14:01
Yangiliklar
Bibisara Asaubaeva Javohir Sindarov bilan munosabatlari tarixini gapirib berdi + FOTO
"Sindarov bilan birinchi marta qachon tanishgansizlar?", — deb so'radi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Bibisaradan.
"Biz bolaligimizdan bir-birimizni turnirlarda ko'rganmiz, ammo 2021 yilda yaqindan do'stlasha boshladik", - dedi Asaubaeva "storis" sahifasida.
Jurnalistlar Sindarovning bobosi va buvisidan "To'y qachon?" deb so'rashganida "Hozircha ular do'st, qolganini vaqt ko'rsatadi" deb javob berishgan edi.
Eslatib o'tamiz, Javohir Sindarov Pafos (Kipr) shahrida bo'lib o'tgan 2026 yilgi davogarlar turnirida birinchi o'rinni egallab, "shaxmat toji" uchun o'ynash huquqini qo'lga kiritgan edi. Bibisara Asaubaeva ayollar o'rtasidagi bahslarni ikkinchi o'rinda yakunlagandi. SHaxmatchilar muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarda birgalikdagi surat va videolarni elon qilib kelishmoqda.

Fikrlar