31 jan 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Bilasizmi? Murodjon Ahmadaliev faoliyatida ilk marotaba 12 raundlik jang o'tkazdi
Xabar berib o'tganimizdek, bugun professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliev amerikalik Daniel Romanni mag'lub etdi va ikki yo'nalish chempioniga aylandi.
Ahmadaliev shu kungacha prof boksda 7 ta jangda ringga ko'tarilgan bo'lsa, eng ko'pi bilan 9 raund jang o'tkazgandi. 2018 yilning 24 noyabr kuni Isaak Zaratega qarshi 10 raundlik jangning 9-raundida u raqibini texnik nokautga uchratgandi. O'sha jang bugungi kungacha Murodjon uchun eng uzoq davom etgan bahs hisoblanardi.
Bugun u Daniel Roman bilan 12 raund davomida jang qildi va yakunda ochkolar hisobida (113:115, 115:113: 115:113) g'alaba qozonib, WBA va IBF kamarlarini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar