19 noy 18:54
Yangiliklar

Bilasizmi? Osiyolik bokschilar jahon chempionatlarida 73 ta medal qo'lga kiritishgan
Ularning 28 tasi erkaklar, 45 tasi ayollar o'rtasidagi musobaqalarda qo'lga kiritilgan.
Medal qo'lga kiritish borasida Qozog'iston, O'zbekiston, Janubiy Koreya, Tailand, Mo'g'uliston, Xitoy, Hindison kabi mamlakat bokschilari etakchi.
So'nggi marotaba Ekaterinburgda 2019 yilda tashkil etilgan jahon chempionatida Osiyo umumjamoa hisobida birinchi bo'ldi. Unda SHahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Bekzod Nurdauletov va Bahodir Jalolov qitamizning bu borada birinchi bo'lishini taminlashdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, O'zbekiston mezbon Rossiyani ham ortda qoldirgan holda birinchi bo'ldi. Ushbu chempionatda qitamizning 21 mamlakatidan 107 nafar bokschi ishtirok etgandi.
Maqola Osiyo boks konfederaciyasi malumotlari asosida O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati tomonidan tayyorlandi
Fikrlar