13 apr 10:12
Yangiliklar
Billie Jean King Cup. Bugun guruh peshqadami - Yaponiyaga qarshi kortga chiqamiz
Kecha O'zbekiston ayollar terma jamoasi saralash bahslari doirasidagi ikkinchi uchrashuvda Hindiston ayollar terma jamoasiga qarshi kortga chiqdi.
Ilk yakkalik o'yinida Sabrina Olimjonova Rutuja Bosalega 7/5, 2/6, 4/6 hisobida mag'lub bo'lgan bo'lsa, ikkinchi uchrashuvda Sevil Yuldasheva WTA reytingida 221-o'rinda borayotgan Ankita Rainaga 4/6, 2/6 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. Juftliklar bahsida esa hamyurtlarimiz Maftunabonu Qahramonova va Ominaxon Valixanova hamkorligi hindistonliklar SHrivalli Rashmikaa hamda Vaydexi CHaudxari tandemiga qarshilik ko'rsata olishmadi - 1/6, 0/6.
Bugun vakilalarimiz guruh peshqadamlari bo'lmish — yaponiyalik raketka ustalariga qarshi kortga chiqishadi. Yaponiya ayollar terma jamoasi kecha Tailand ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan edi.
Turnirning bugungi taqvimi:
Yaponiya -O'zbekiston
Xitoy - Hindiston
Koreya Respublikasi - Tailand.
Uchrashuvlar 10:00 da poytaxtimizdagi Tennisga ixtisoslashgan Olimpiya maktabi xard kortlarida boshlanadi.
Fikrlar